Jamiyat | 18:58 / 19.05.2016
12418
1 daqiqa o‘qiladi
Poroshenko ishga kashtali libos kiyib keldi
Ukraina prezidenti Petro Poroshenko mamlakatda har yili nishonlanadigan milliy liboslar kuni munosabati bilan ishga kashtadan tikilgan kiyimda keldi. Bu haqda prezidentning matbuot kotibi Svyatoslav Tsegolka o‘z tvitter sahifasida yozib qo‘ydi.
Kashta kuni – Ukraina milliy liboslarini tikish hamda kiyish an'analarini saqlashga chorlovchi xalqaro bayram. U har yili may oyining uchinchi payshanbasida o‘tkaziladi.