05:58 / 19.05.2016
6441

Rossiya 2015 yilda 58 ta davlatga qurol-aslaha yetkazgan

Rossiya 2015 yilda 58 ta davlatga qurol-aslaha yetkazgan va 101 ta davlat bilan bu masalada aloqani qo‘llab-quvvatlagan, deb xabar bermoqda Rossiya harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmat rahbari Aleksandr Fominga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.

"2015 yil natijalariga ko‘ra, biz 101 ta davlat bilan aloqada bo‘lganmiz, 58 ta davlatga qurol-aslaha yetkazganmiz", deb aytdi Fomin.

Fominning ta'kidlashicha "2015 yil va oxirgi yillar natijalariga ko‘ra ASeAN davlatlariga Rossiya qurol-aslahasining deyarli yarmi eksport qilingan".

Top