Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tvente» moliyaviy firibgarliklar tufayli erediviziyaning ikkinchi divizioniga badarg‘a qilindi
Niderlandiya qirollik futbol ittifoqi «Tvente» professional klubi litsenziyasini saqlab qolishi, biroq erediviziyaning quyi ligasiga badarg‘a etilishi haqida ma'lum qildi.
2015 yilning dekabr oyida «Tvente»ni uch mavsumga yevrokuboklardan chetlatish haqida qaror qabul qilingan edi. Bunga xususiy Doyen Sports investfondi bilan hamkorlikda futbolchilarning transferlari yuzasidan moliyaviy firibgarliklar amalga oshirilgani sabab qilib ko‘rsatilgan edi.
Bundan tashqari, klub 45 250 yevro miqdorida jarimaga tortilishi haqida xabar berilgan edi.
Klub rahbarlari bir necha oy davomida litsenziyalashtirish bo‘yicha komissiya vakillari bilan birgalikda ish olib bordi, biroq «Tvente»ning barcha qoidabuzarliklarini bartaraf etish imkoni bo‘lmadi.
2015/2016 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, «Tvente» 40 ochko jamg‘arib, Niderlandiya chempionatida 13-o‘rinni egalladi.