Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Uyda yolg‘iz» filmidagi aktyorning o‘g‘li Kaliforniya shtati senatida faoliyat olib boradi
Aktyor Deniyel Sternning 34 yoshli o‘g‘li Genri Stern Kaliforniya shtatining senatida ishlaydi. Bu haqida The Hollywood Reporter xabar beradi.
2003 yilda Genri otasi bilan Rojdestvo bayramida Iroqqa boradi. Taniqli aktyor u yerga amerikalik harbiylarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashrif buyurgan edi. Kichik Sternning so‘zlariga ko‘ra, bu sayohat uning «ko‘zlarini ochadi».
Genri Hollivud yulduzlari orasida katta bo‘lgan bo‘lsa-da, u kino sanoatida faoliyat olib borishni istamadi. Stern Yyel universitetida tahsil olib, yurist diplomiga ega bo‘ladi.

Biroq aktyor Deniyelning o‘g‘li otasining tanishlari ko‘magidan faol tarzda foydalanib keladi. Uning saylovoldi kampaniyasini «Vatan» (Homeland) seriali asoschisi Hovard Gordon (Howard Gordon) va aktyor Billi Kristal (Billy Crystal) qo‘llab-quvvatladi.
Deniyel Stern «Uyda yolg‘iz» va «Uyda yolg‘iz 2» filmidagi yopishqoq o‘g‘ri obrazi bilan tanilgan. 58 yoshli aktyor hozir ham o‘z faoliyatini davom ettirmoqda, biroq u asosan seriallarda rol ijro etadi.