Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volvo: avtomobilni haydovchisiz boshqarish tizimlari mashina narxini salkam 15 ming dollarga qimmatlashtiradi
Autocar internet portalining yozishicha, avtomobillarni haydovchisiz boshqarish tizimi transport vositalarining narxini kamida 10 ming funt sterling (14500 AQSh dollari)ga qimmatlashishiga olib keladi. Shvetsiyaning Volvo avtomobilsozlik kompaniyasi texnik mutaxassisi Erik Koelin shunday fikrda.
Haydovchisiz mashinalar kelajagiga bag‘ishlangan London anjumanida ishtirok etgan Koelinning aytishicha, mashina narxlari butlovchi qismlarni ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lishi tabiiy. Biroq bunday avtomobil uchun kamida 9 ta kamera, shuncha radar va IK-diapazonli lazer qurilmasi ham lozim. U ma'lumotlarni beshta o‘ta kuchli kompyuterga uzatadi.

Koelinning qayd etishicha, kompaniyalarni xavfsizlik bilan bog‘liq masalalar tashvishga solmoqda. Ular har qanday kutilmagan hodisalarni e'tiborga olishni xohlashadi.
Volvo’ning avtonom boshqaruv texnologiyasi Drive PX platformasi negizida barpo etilgan. U infratuzilmalarga bog‘liq bo‘lmay, avtomobilga o‘rnatilgan datchiklar yordamida harakatlanadi.

