Jamiyat | 06:06 / 20.05.2016
7911
1 daqiqa o‘qiladi
“Hamshira – 2016” ko‘rik-tanlovining Sirdaryo viloyati bosqichida 15 hamshira ishtirok etdi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, aholi, ayniqsa, onalik va bolalikni muhofaza qilish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini yanada oshirishga alohida e'tibor qaratilayotgani ta'kidlandi.
Ishtirokchilar tanishtiruv, savol-javob va erkin mavzu shartlari bo‘yicha ish tajribasi, bilim va malakasini sinovdan o‘tkazdi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filiali hamshirasi Gulmira Akaboyeva birinchi o‘rinni egalladi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.
A.Qayumov, O‘zA muxbiri.