Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyada “Uzuklar hukmdori” rejissyori bilan tushlik qilish 500 dollarga baholandi
Yangi Zelandiyada muxlislar “Uzuklar hukmdori” va “Xobbit” filmlari rejissyori Piter Jyekson bilan tushlik qilish uchun taklif qilinadi. Rejissyor bilan tushlik qilish uchun bir kishilik o‘riniga 500 dollar, o‘n kishilik stoldan bir kishilik o‘rin uchun 5 dollar to‘lash so‘ralgan.
Mazkur “tushlik tadbiri” 2 iyundan boshlanishi ko‘zda tutilib, rejissyorning ilk mehmoni - Yangi Zelandiya bosh vaziri Jon Key bo‘lishi kutilmoqda.
Tushlik uchun yig‘ilgan mablag‘lar Jyeksonning Birinchi jahon urushida ishtirok etgan yangi zelandiyaliklarga bag‘ishlangan ko‘rgazmasini qo‘llab-quvvatlash uchun sarflanadi. Ko‘rgazma 2015 yilning aprel oyida Vellingtondagi muzeylarning birida ochilgan. Ko‘rgazma yana uch yil davomida ochiq bo‘lishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu moddiyatga borib taqaladi.
Shunday qilib Jyekson tushlik davomida suhbatdoshiga shaxsiy hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan ma'lumotlar bilan birgalikda uni ilhomlantirgan ko‘rgazma va boshqa ijodiy qirralari haqida so‘zlab beradi.