Sport | 17:17 / 20.05.2016
19746
1 daqiqa o‘qiladi

Yevro - 2016 o‘yinlarini O‘zbekistondagi jamoat joylarda namoyish etish uchun pul to‘lanishi haqidagi xabar tasdiqlanmadi

Futbol bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan Yevro—2016 musobaqasini O‘zbekistonda namoyish qilish huquqini qo‘lga kiritgan UzReport TV telekanali musobaqa uchrashuvlarmning ommaviy joylarda namoyish etilishi uchun pul talab qilmaydi. Bu haqda telekanalning «Sport» tahririyati bosh muharriri Yoqubjon Bobojonov o‘zining Twitter sahifasida ma'lum qilgan.

«UzReport TV Yevro—2016 o‘yinlarini ommaviy joylarda (restoran, kafe, klublarda) namoyish etish bepul ekanini e'lon qiladi. Do‘stlar! Restoran, kafe va klub egalari bilan uchrashuv ulardan biror narsa talab qilish uchun emas, Yevro bo‘yicha ularga qo‘shimcha bonuslar berish uchun», — deb yozgan telekanal sharhlovchisi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish