Jahon | 12:07 / 20.05.2016
8652
1 daqiqa o‘qiladi
Hindistonda yangi harorat rekordi qayd etildi
Hindustan Times nashrining ma'lum qilishicha, Hindistonning Rajaston shatatidagi Pxalodi shahrida yangi rekord harorat - 51 daraja issiq qayd etilgan.
O‘tgan safargi rekord natija 1956 yilda xuddi shu shtatning Alvar shahrida termometr ko‘rsatkichi 50,6 daraja issiqni tashkil etgan.
Rekord harorat Rajastonning boshqa qator shaharlarida ham kuzatilgan, shu jumladan, Gujarat shtatida ham.
Hindiston meteorologiya boshqarmasi yaqin kunlarda jazirama yanada kuchayishini aytib ogohlantirdi. Shimoli-g‘arbiy shtatlarda xavf darajasi "qizil bosqich"da saqlanib qolmoqda - termometr ko‘rsatkichi 47 darajadan yuqoriga ko‘tariladi.
Hukumat o‘ta issiq harorat natijasida yuzaga kelgan o‘lim holatlari soni haqida rasmiy statistikani taqdim etganicha yo‘q.