Merilin Monroning eng “haqiqiy” surati 77,5 ming yevroga baholandi
Hollivud aktrisasi Merilin Monroning “haqiqiy” surati Sotheby's auksionida 77,5 ming yevroga baholandi. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
Surat muallifi amerikalik fotosuratchi Richard Avedon bo‘lib, uning aytishiga qaraganda Merilin Monro suratga olinishidan avval bir necha soat davomida raqsga tushib, qo‘shiq kuylagan va karashmalar qilgan...
“U bir ozdan so‘ng tinchlanib qoldi. Kecha davomida oq sharob tugab, raqs harakatlari tingach, xonaning bir burchagiga borib, xuddi boladek o‘tirib oldi. Uning tinchlanib qolgandagi holatini kuzatdim. Qiyofasida deyarli norozilik alomatlari sezilmasdi. Ammo men uning harakatlarini o‘zi bilmas holda suratga olishni istamadim. Kamera bilan unga yaqinlashdim. U suratga olishimga qarshilik qilmadi”, deydi Avedon.
Shunday qilib Merilin Monroning “haqiqiy” holatdagi surati olindi.