15:06 / 20.05.2016
6533

Oqgul Omonmurodova tennis bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro turning chorak finaliga chiqdi

O‘zbekistonlik tennischi Oqgul Omonmurodova Xitoyning Chjenchjou shahrida o‘tgan ITF musobaqasining ikkinchi davrasida g‘alaba qozondi. Bu haqda ITF rasmiy saytida ma'lum qilingan.

31 yoshli Oqgul tailandlik 24 yashar raketka ustasi Nichey Lertpitaksinchay ustidan 6:1, 6:4 hisobi qayd etib, g‘alaba qozondi. Tailandlik sportchi ayni damda dunyo tennis ro‘yxatida 403-o‘rinda bormoqda. Chorak finalda o‘zbekistonlik sportchining raqibasi bolgariyalik Aleksandr Naydenova bo‘ladi.

Ma'lumot uchun: ayni damda Oqgul Omonmurodova tennis bo‘yicha dunyo reytingida 371-o‘rinda bormoqda.

Top