Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha prezidenti NATO qo‘shinlarini joylashtirishni soddalashtiruvchi qonunni imzoladi
Polsha prezidenti Anjyey Duda Polshada xorijiy qo‘shinlar, xususan NATOning o‘ta tez javob beruvchi kuchlarining joylashishini tartibga soluvchi qonunni imzoladi. Bu haqda Dudaning matbuot xizmati ma'lum qildi.
Qonun bilan "xorijiy qo‘shinlar Polsha hududida tinchlik vaqtida o‘quv mashg‘ulotlaridan farq qiluvchi harbiy operatsiyalarni o‘tkaza olishiga imkon beradigan" yangi qonun me'yorlari kiritiladi. "Amaliyotda ular bizning mamlakatga zarur bo‘lganda Polsha hududida yoki havo kengligida bartaraf etish yoki bostirib turish yoki tez javob berish kuchlaridan foydalanishda ko‘mak ko‘rsatishi mumkin", deb xabar bergandi avvalroq qonun loyihasini tayyorlagan hukumat matbuot xizmati.
Loyihaga ko‘ra, Polshada xorijiy qo‘shinlarning bo‘lishiga prezident bosh vazir ruxsat bergandan keyin mudofaa vaziri talabi bilan rozilik bildiradi. Bunda ittifoqdosh kuchlar Polsha armiyasi kabi huquq va imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.
"Yangi me'yorlarning kiritilishi Polsha bilan qo‘shni hamda Markaziy va Sharqiy Yevropaning boshqa davlatlarida xavfsizlik darajasining yomonlashishi sababli zarur. O‘zgarayotgan geosiyosiy vaziyat Polsha qurolli kuchlarining NATO tomonidan zudlik bilan qo‘llab-quvvatlanishini talab qilishi mumkin", deb hisoblamoqda mamlakat hukumati.