Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stoltenberg: NATOning Afg‘onistondagi missiyasi 2016 yildan so‘ng uzaytiriladi
NATOning Tashqi ishlar vaziri "NATOning Afg‘onistondagi missiyasini 2016 yildan keyin uzaytirish haqida qaror qabul qildi". Bu haqida NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma'lum qildi.
"NATO tashqi ishlar vazirlari bugun NATOning Afg‘onistondagi "Kuchli qo‘llab-quvvatlash" missiyasini 2016 yildan keyin ham davom ettirishmoqchi", - ta'kidladi u. - Afg‘on milliy kuchlari mardlik, qat'iylik va professionalizmni namoyish etishmoqda, biroq Afg‘oniston ko‘plab ziddiyatlarga uchrashda davom etmoqda. Shu bois missiya to‘xtatilmaydi".
NATO bosh kotibi alyans mamlakatlari afg‘on armiyasini kamida 2020 yilgacha moliyalashtirmoqchi ekanligini tasdiqladi.
NATO Tashqi ishlar vazirlarining ikki kunlik yig‘ilishi doirasidagi oxirgi uchrashuv Afg‘onistondagi vaziyatga bag‘ishlandi, unda Yaponiya va Janubiy Koreya kabi hamkor mamlakatlar, shuningdek, BMT vakillari ishtirok etishdi.