O‘zbekiston | 12:46 / 20.05.2016
18039
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonning Turkmanistonda tayinlangan yangi elchisini mamlakat prezidenti qabul qildi
19 mayda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonning mamlakatga yangi tayinlangan elchisi Akmaljon Qo‘chqorovni qabul qildi. U prezidentdan ishonch yorlig‘ini qabul qilib oldi. Bu haqda Turkmaniston axborot agentligi xabar bermoqda.
Akmaljon Qo‘chqorov Gurbanguli Berdimuhammedov va butun turkman xalqiga O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning samimiy salomini yetkazdi.
Turkmaniston Prezidenti, o‘z navbatida, elchining yangi lavozimi bilan muborakbod etarkan, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan faoliyatiga omad tiladi.