Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"O‘zbekneftgaz" va "Lukoyl" 2015-2019 yillar mobaynida 54ta investitsiya loyihasini amalga oshiradi
O‘zekspomarkazda "O‘zbekiston neft va gazi -OGU-2016" nomli yigirmanchi xalqaro ko‘rgazmasi doirasida "O‘zbekistonning neft sohasi: texnologiyalar, investitsiyalar va taraqqiyot" xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
"O‘zbekneftgaz" Milliy xolding kompaniyasining "ITE Uzbekistan" va "ITE" kompaniyalari guruhi bilan hamkorlikda tashkil etgan forumida deyarli o‘ttizta mamlakatdan tashrif buyurgan to‘rt yuzdan ortiq olim va mutaxassis ishtirok etishdi.
Konferentsiyada "O‘zbekneftgaz" Milliy xolding kompaniyasining boshqarma raisi A.Sultonov, Yevrokomissiyaning energetika masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti M. Shefchovich va boshqalar Prezident Islom Karimov rahbarligi ostida iqtisodiyotning ko‘p tarmoqlarida , shu jumladan, neft-gaz sanoati sohasida o‘tkazilayotgan izchil islohotlar o‘zining yuqori natijalarini berayotganini alohida ta'kidlashdi.
O‘zbekiston uglevodorodlarning katta zahirasiga ega. Neft-gaz sanoatida yangi binolarning qurilishi, joriy korxonalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish dinamik suratda davom etmoqda. Yetakchi dunyo investorlari ishtirokida o‘nlab yuksak texnologiyali loyihalar amalga oshirilmoqda.
"O‘zbekneftgaz" bir necha yil mobaynida "Lukoyl", "Gazprom", "Petromaruz" (Rossiya), "KNOC", "Kogas", "Lotte Chemical" (Koreya Respublikasi), CNODC (Xitoy), "PetroVietnam" (Vetnam), "Sasol" (Janubiy Afrika Respublikasi) kabi ilg‘or kompaniyalar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda.
"O‘zbekneftgaz" MXK korxonasi Fanlar akademiyasi institutlari hamda mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ko‘plab loyihalarni amalga oshirmoqda. 2015-2019 yillar davomida "O‘zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi bilan hamkorlikda 54ta investitsiya loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Joriy yilda 20,6 milliard dollarlik yana 38ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Konferentsiyada neft sanoatining rivojlanishida ustuvor yo‘nalishlar, zamonaviy texnologiyalarni keng tatbiq etish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, xizmatlar sohasining takomillashtirilishi kabi masalalar muhokama qilindi.