Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada ichkilikdan keyingi karaxtlikka qarshi muzqaymoq sotilmoqda
Janubiy Koreyada ichikilikdan keyingi karaxtlik, bosh og‘rig‘ida yordam beruvchi muzqaymoq sotila boshlandi. Bu haqda Reuters xabar qildi.
Mamlakat aholisi Osiyoda kishi boshiga hisoblaganda eng ko‘p alkogol iste'mol qiladi. Ichkilikdan keyingi karaxtlikka qarshi vositalar yiliga 150 milliard von (126 million dollar) daromad keltiradi.
G‘ayritabiiy muzqaymoq savdosi bugun, 20 maydan boshlab Withme FS do‘konlar tarmog‘ida yo‘lga qo‘yildi. Bu – spirtli ichimlik iste'mol qabul qilgandan keyingi oqibatlarga qarshi kurashish uchun maxsus chiqarilgan birinchi muzqaymoq.
Muzqaymoq tarkibiga chuchuk govenya sharbati – poxmelyaga qarshi kurashda an'anaviy vosita qo‘shilgan.