Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerika Kubogida qatnashadigan Argentina terma jamoasining to‘liq tarkibi e'lon qilindi
2016 yil AQShda o‘tadigan Amerika Kubogi bahslarida Xerardo Martino boshchiligidagi Argentina terma jamoasi o‘zining yakuniy tarkibini ma'lum qildi. Bu haqda mamlakat futbol assotsiatsiyasi rasmiy saytida ma'lum qilingan.
23 nafar futbolchidan iborat tarkibga Rossiyaning “Zenit” jamoasi a'zosi Esekel Garay olgan jarohati sabab kiritilmagan. Shuningdek, Paulo Dibala ("Yuventus" ), Karlos Teves ("Boka Xuniors") va Pablo Sabaleta ("Manchester Siti")lar ham tarkibga kiritilmagan.

Argentina terma jamoasining to‘liq tarkibi:
Darvozabonlar - Serxio Romero ("Manchester Yunayted", Angliya), Naxuel Guzman ("Tigres", Meksika), Mariano Anduxar ("Napoli", Italiya);
Himoyachilar - Gabriel Merkado ("River Pleyt"), Fakundo Ronkalya ("Fiorentina", Italiya), Nikolas Otamendi ("Manchester Siti", Angliya), Xonatan Maydana ("River Pleyt"), Ramiro Funes Mori ("Everton", Angliya), Markos Roxo ("Manchester Yunayted", Angliya), Viktor Kuesta ("Independente");
Yarim himochilar - Xaver Maskerano ("Barselona", Ispaniya), Matias Kranevitter ("Atletiko", Ispaniya), Ever Banega ("Sevilya", Ispaniya), Lukas Bilya ("Latsio", Italiya), Xaver Pastore (PSJ, Fransiya), Augusto Fernandes ("Atletiko", Ispaniya), Erik Lamela ("Tottenxem", Angliya), Nikolas Gaytan ("Benfika", Portugaliya), Anxel Di Mariya (PSJ, Fransiya);
Hujumchilar - Esekiel Lavessi ("Xebey Chayna Fortun", Kitay), Lionel Messi ("Barselona", Ispaniya), Serxio Aguero ("Manchester Siti", Angliya), Gonsalo Iguain ("Napoli", Italiya).