Jahon | 17:01 / 21.05.2016
3534
1 daqiqa o‘qiladi

Argentina BMT bosh kotibligi nomzodiga mamlakat TIV rahbarini ko‘rsatdi

Argentina prezidenti Maurisio Makri mamlakat tashqi ishlar vazirligi rahbari Susana Malkorani BMT bosh kotibligiga nomzod sifatida ko‘rsatdi. Bu haqda hukumat rasmiy saytida ma'lum qilingan.

davlat rahbari shu munosabat bilan BMTning 70-sessiyasida tashkilot vakili Mogens Lyukketoft va Xavfsizlik Kengashi vakili Amr Abdul Latif Abu al Attaga maktub yo‘llagan.

Malkorra ishonch uchun mamlakat prezidentiga minnatdorchilik bildirgan va Argentina nomini oqlashdan xursand bo‘lishini ma'lum qilgan. 
"BMTning keyingi bosh kotibi kim bo‘lishi hali aniq bo‘lmasada, o‘zimning mamlakat tashqi ishlar vazirligidagi ishimni samimiyat bilan bajarishda davom etaman”, deb yozgan u Twitter’dagi sahifasida.