Light | 21:09 / 21.05.2016
20715
2 daqiqa o‘qiladi

Cho‘ldagi mo‘'jiza: sayyoramizning eng yashil go‘shasi Abu-Dabi yaqinidagi cho‘lda paydo bo‘ladi

Abu-Dabidan janubda, cho‘l o‘rtasida yaqin orada Oasis Eco Resort deb nomlangan innovatsion mehmonxona paydo bo‘ladi. Bu mehmonxona uning mualliflari tomonidan "sayyoraning eng yashil go‘shasi" deb ta'riflanmoqda. Cho‘lda-ya, deysizmi? Ahamiyatsiz. Kurort atrofdagi qumni haqiqiy oazisga aylantirish uchun barcha zarur narsa bilan ta'minlanadi.

Oqova suvlarning qayta ishlanishi, umuman chiqindilarning yo‘qligi hamda mehmonxonaning butun strukturasiga yetadigan quyosh batareyalari. Qurilish hozirdanoq boshlandi va arxitektorlar ishni 2020 yilgacha yakunlashni rejalashtirishmoqda. 

Bu yerda 84 ta hashamatli lyuks xonalar joylashadi, ularning har birining oynasi markaziy oazisga ochiladi.

Oasis Eco Resort’da tashrif buyuruvchilarning kartmonlari ijozat bera oladigan barcha narsa: fitnes-markazlar, spa-zonalar, rekreatsion xonalar va dunyoning yetakchi bosh oshpazlari taklif qilinishi rejalashtirilayotgan restoranlar muhayyo bo‘ladi.

Mehmonxona asoschilari shu yerda yetishtiriladigan sabzavotlardan foydalanishni taklif qilishmoqda.

Yulduzsimon tashqi devorlar rekreatsion faoliyatni amalga oshirish va qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini sug‘orish uchun foydalaniladigan manbani o‘rab turadi.
Mehmonxonaning yassi tomi to‘liq quyosh panellari bilan qoplanadi. Cho‘lning jazirma issig‘i yaxshigina asqatadi: mehmonxonadagi barcha tizimlar faqatgina quyosh energiyasidan foydalanadi. 

Albatta, murakkab eko-tizimni qo‘llab-quvvatlash uchun malakali xodimlar kerak bo‘ladi. Professional biolog va botaniklar guruhi sun'iy oazisni saqlash ustida doimo ish olib boradilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish