Sport | 13:06 / 21.05.2016
4404
1 daqiqa o‘qiladi

Diyego Milito futbolchilik faoliyatini yakunlamoqda

Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi, hozirda Argentinaning “Rasing” klubida to‘p surayotgan Diyego Milito ertaga chempionatdagi “Temperley”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi.

“Men doimo faoliyatimni “Rasing”da yakunlashni orzu qilganman. “Saragosa”, “Jyenoa” hamda “Inter”dan minnatdorman, biroq “Rasing” – mening uyim. Men bu yutuqlarga erishish uchun ko‘p narsadan voz kechganman va bu bilan ajoyib futbolchilik faoliyatini boshdan kechirdim”, – dedi Milito Football Italia’ga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, “Inter” tarkibida 36 yoshli futbolchi 2010 yilda 5ta sovrin: Italiya A seriyasi, Kubogi, Superkubogi, shuningdek, Chempionlar ligasi hamda klublar o‘rtasidagi jahon chempionati kubogini qo‘lga kiritgan.