Frantsuz ekspertlari halokatga uchragan A320 samolyoti bortida tutun chiqqanini tasdiqlashdi
Fuqaro aviatsiyasi xavfsizlik tahlili va tergov ishlari bo‘yicha fransuz byurosi (BEA), Misrning A320 havo layneri halokatiga oid OAV vositalarida paydo bo‘lgan xabarlarni tasdiqladi. Unga ko‘ra, Misr aviakompaniyasining O‘rta yer dengiziga qulab tushgan A320 samolyoti bortida tutun chiqqan, deb xabar qilmoqda BFM TV.
Bundan avvalroq, The Wall Street Journal gazetasi samolyot boshqaruv xonasi yonidagi hojatxonada ham tutash yuz bergani xaqida yozgan edi.
Nashrning qayd etishicha, bu yerda havo laynerining bort kompyuteri joylashgan bo‘lib, o‘t o‘chirish tizimi ishga tushganda ishdan chiqqani ehtimol.
Ammo, mavjud ma'lumotlar samolyot bortida terakt sodir bo‘lgani to‘g‘risidagi taxminlarni tasdiqlamaydi.
Avvalroq, Reuters agentligi, A320ning yong‘in xavfsizligi qurilmalari, samolyot qulab tushishdan bir necha daqiqa avval, yong‘in halokati bo‘yicha trevoga bergan.
EgyptAir aviakompaniyasining Airbus A320 samolyoti 19 may ertalab, Parijdan Qohiraga MS804 reysini amalga oshirayotgan vaqtda O‘rta yer dengizi osmonida radar ekranlaridan g‘oyib bo‘lgan edi. Uning bortida 66 kishi bo‘lgan.