12:42 / 21.05.2016
4699

G7 terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha yangi rejani qabul qildi

"Katta yettilik" moliya vazirlari va markaziy bank rahbarlari, xalqaro terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashga oid rejani ma'qullashdi. 
Endilikda, "yettilik" mamlakatlari terrorchilarni moliyalashtirish hollariga yo‘l quymaslik uchun birgalikda harakat qiladi. 

Guruhga a'zo davlatlar moliya vazirlari va markaziy bank rahbarlarining 21 may kuni Yaponiyaning Sendaye shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi yakunida, bo‘lg‘usi choralar xususida dastur qabul qilindi. Mazkur dastur 2016 yil oxirigacha kuchga kirishi kerak. 

Yangi reja 4 banddan iborat bo‘lib, moliyaviy mazmundagi sanksiyalar bo‘yicha axborot almashuvini yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma choralar ko‘rish shular jumlasidan. 

Bundan tashqari, "yettilik" moliya vazirlari va markaziy banklari raislari terrorizmni moliyalashga qarshi choralarni qayta ko‘rib chiqish, xususan bank o‘tkazmalarini tartibga solish hamda FATF (jinoiy daromadlarni noqonuniy o‘zlashtirish) me'yorlarini keskinlashtirishga kelishib olganlar.

Top