Xitoy janubidagi surunkali yomg‘irlar 8 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
XXR janubidagi Guandun provinsiyasida surunkali yomg‘irlardan so‘ng ro‘y bergan suv toshqinlari oqibatida 8 kishi hayotdan ko‘z yumgan, yana 4 kishi bedarak yo‘qolgan. Mahalliy hukumat rasmiylarining xabarlariga ko‘ra, 557 ming nafar inson iqtisodiy talofat ko‘rgan, 55mingga yaqin odam ko‘chirilgan.
Provintsiya aholi punktlarida avtomobil yo‘llari va aloqa tarmoqlari vayron bo‘lgan, elektr uzatish tizimi faoliyati izdan chiqqan. Suv toshqinlaridan ko‘rilgan iqtisodiy zarar 1 mlrd yuan (152,7 mln dollar)ga baholanmoqda.
Guansi-Chjuan avtonom rayonida 7,4 ming kishi xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan, zarar miqdori 100 mln yuan (15,28 mln dollar) atrofida ekani aytilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar xizmatlari, sel kelishi va ko‘chkilar xavfi tufayli, yuqori shaylik holatiga keltirilgan.