Sport | 22:21 / 21.05.2016
7358
1 daqiqa o‘qiladi

Xokkey bo‘yicha Rossiya termasi jahon chempionatining yarimfinalidan chiqib ketdi

Xokkey bo‘yicha Finlyandiya terma jamoasi 2016 yilgi jahon chempionatining yarimfinalida musobaqa mezboni Rossiya termasini 3:1 hisobda mag‘lub etdi. Rossiya safida Sergey Shirokov, Filyandiya safida esa 17 yoshli Sebastyan Axo 2 ta, Yussi Yokinen bittadan shayba kiritganlar.

Shu tariqa finlar finalga chiqishdi. Ular finalda Kanada-AQSh juftligi g‘olibi bilan uchrashishadi. Uchrashuv 22 mayda bo‘lib o‘tadi. Rossiya esa shu juftlikda mag‘lub bo‘lgan jamoa bilan 3-o‘rin uchun kurash olib boradi.

JCh-2016. Yarimfinal
Finlyandiya – Rossiya – 3:1 (0:1, 3:0, 0:0)

0:1 – Shirokov (Telegin, Marchenko) – 02:52.
1:1 – Axo (Granlund, Lindell) – 25:34 (5x4).
2:1 – Yokinen (Layne) – 35:50.
3:1 – Axo (Koskiranta, Koyvu) – 38:15 (5x4).