Jahon | 14:55 / 21.05.2016
10065
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘istonda rossiyalik jurnalistlarni qo‘lga olishdi
Qozog‘istonning ostona shahri politsiya xodimlari Rossiya OAV vakillari: RIA “Novosti”, TASS, “Rossiya segodnya” va “Interfaks-Kazaxstan” jurnalistlarini qo‘lga oldi. Bir soatdan so‘ng ular qo‘yib yuborilgan va qo‘lga olinganliklari sababi tushuntirilmagan.
«Bizni hozirgina qo‘yib yuborishdi. Hujjatlarimizni qaytarib berishdi va nega bunday qilishganini izohlashmadi va hatto uzr ham so‘rashmadi», — dedi muxbirlardan biri.
Ma'lum bo‘lishicha, jurnalistlar Yer kodeksiga qarshi ehtimoliy miting o‘tadigan joyda ish olib borishgan.