Jahon | 10:21 / 21.05.2016
4374
1 daqiqa o‘qiladi

Liviya xorijiy davlatlar harbiylarining aralashmasligi borasida kafolatga ega bo‘ldi

Liviya Milliy kelishuv hukumati xalqaro hamjamiyatdan olgan kafolatiga ko‘ra, rasmiy Tripolining maxsus so‘rovisiz xorijiy mamlakatlar harbiylari Liviyada harbiy amaliyotlar o‘tkaza olmaydi. 

Bu haqda, AQShning Liviya ishlari bo‘yicha muvaqqat vakili Vafa Bugaygis ma'lum qildi. 

"Menga ma'lum bo‘lishicha, xalqaro hamjamiyat harbiylari Liviya rahbariyatining maxsus so‘rovi bo‘lmaguncha, ushbu mamlakatda bo‘lishi ehtimol har qanday jangovar harakatlarda ishtirok etmaydi", -degan Bugaygis. 

Avval xabar qilinganidek, AQSh harbiy maxsus bo‘linmalari Liviya sharqiy va g‘arbiy qismlarida o‘zi tayanch bazalarini barpo etishgan. Harbiy punktlar IShID terroristik guruhiga qarshi jangovar harakatlar boshlangudek bo‘lsa, mahalliy ittifoqchilarni jalb etishga qaratilgan.