Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr Fransiyadan A320 layneri bilan suhbatni berishni so‘radi
EgyptAir aviakompaniyasining A320 samolyoti halokatga uchrashi bilan bog‘liq fojia bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib borayotgan Ayman al-Muqaddamning bayonot berishicha, misrlik tergovchilar rasmiy Parijdan uchuvchilarning dispetcherlar bilan suhbatini taqdim etishni so‘ragan.
«Men, samolyot kapitani parvozga tayyorligini ma'lum qilgach, u va dispetcherlik minorasidagi xodim o‘rtasida bo‘lgan muloqotni taqdim etishlarini so‘radim», — degan al Muqaddam.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Misr tomoni yetakchiligidagi tergov guruhiga fuqaro aviatsiyasining turli sohalaridan jalb etilgan mahalliy ekspertlar, xususan, uchuvchilar, muhandislar va navigatsiya mutaxassislari kiritilgan.
Bundan avval, Misr tashqi ishlar vaziri Samex Shukri, rasmiy Qohira EgyptAir aviakompaniyasining Airbus A320 samolyoti halokatini o‘rganishda AQShdan yordam so‘ragani haqida bayonot bergan edi.