Obama AQSh qonunlaridan "negr" so‘zini olib tashlashga qaror qildi
AQSh prezidenti Barak Obama federal qonunchilikdan "milliy ozchiliklarni haqoratomuz eslash,", xususan "sharqiy", "negr", "ispan zabon" va boshqa shunga o‘xshash atamalarni olib tashlovchi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda ABC News.
Qonun matnlarni zamonaviyroq qilish va 1970-yillarda AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi va ijtimoiy xizmatlari hujjatlarida uchragan siyosiy noto‘g‘ri talqinlardan xalos etishga qaratilgan.
"Sharqiy" tushunchasiga federal qonunchilikda o‘rin yo‘q, oxir-oqibatda bu haqoratlovchi va eskirib qolgan atama tarixga ketadi", deb aytdi qonun mualliflaridan biri. Bunday so‘zlar bu guruhdagi odamlar abadul-abad begonalar bo‘lib qolishi va to‘laqonli amerikaliklar bo‘la olmasliklarini ta'kidlash uchun qo‘llangan, deb aytilmoqda ABC xabarida.
"Bu va boshqa nomlar o‘z ildizlari bilan Yevropa mustamlakachiligi davriga taqaladi, o‘sha davrda "sharq" va "sharqiy" so‘zlari Osiyo va Osiyo aholisini past, ekzotik va qoloq odamlar sifatida ta'riflashda ishlatilgan", deb ta'kidlab o‘tdi Minnesota universiteti immigratsiya tadqiqotlari markazi direktori Erika Li.
Fevralda qonun loyihasi AQSh vakillar palatasi tomonidan ma'qullangandi, 10 mayda esa senat uni bir ovozdan qabul qildi. Prezident qonun loyihasini imzolagandan keyin u huquqiy kuchga kiradi.