Sport | 00:18 / 21.05.2016
4567
1 daqiqa o‘qiladi

Raneri 3 darajali "Italiya respublikasi oldidagi xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi

Italiyalik futbol murabbiyi Klaudio Raneri joriy mavsumda o‘zi boshqaradigan "Lester" Angliya chempioni bo‘lgandan keyin Italiya hukumati tomonidan munosib baholandi.

APLning eng yaxshi murabbiyi bo‘lgan 64 yoshli mutaxassis 3 darajali "Italiya respublikasi oldidagi xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi.

Raneri futbolchi sifatida "Roma", "Katandzaro" va "Palermo"da to‘p surgan. Italiyada u ""Kalyari", "Napoli", "Fiorentina", "Yuventus", "Roma" va "Inter"ga murabbiylik qilgan.