Jahon | 15:45 / 21.05.2016
5166
1 daqiqa o‘qiladi

Hudkush terrorchi AQShning Afg‘onistondagi avtokarvoniga hujum qilgan

Khaama Press agentligining xabar qilishicha, Amerikaning Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Bagram viloyatida joylashgan harbiy bazasi avtokarvoniga hudkush terrorchi hujum uyushtirgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, terrorchi portlovchi moddalar to‘ldirilgan mashinani boshqarib, Amerika qurolli kuchlari karvoniga kelib urilgan. 

«Tolibon» tashkiloti mazkur jinoyat uchun javobgarlikni zimmasiga olar ekan, qo‘poruvchilik oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani haqida ma'lum qilgan. Biroq, hukumat rasmiylari bu xabarlarni izohlaganicha yo‘q. 

Avval xabar qilinganidek, Afg‘oniston janubida ham hudkush terrorchi, politsiya mashg‘ulotlar markazi yonida o‘zini portlatib yuborgan edi.