Jamiyat | 22:38 / 22.05.2016
9807
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik ayol 22 yil avvalgi chipta bilan Disneylendga kira oldi

27 yoshli Chelsi Xyorlayn Florida shtatida joylashgan Disney World ko‘ngilochar bog‘iga unga 1994 yili sovg‘a qilingan chipta bilan kira oldi. Bog‘ ma'muriyati 4 yosh bo‘lganda kasalligi tufayli bog‘ga kela olmagan qizga peshvoz chiqib, unga bog‘ga kirishga ijozat berdi, deb xabar bermoqda Upworthy nashri.

Chelsi 4 yosh bo‘lganda unga otasi bog‘ga 4 kunlik chipta sovg‘a qilgan, biroq qiz kasal bo‘lib qolgan. Unda zaxirada bog‘ga kirish uchun u ishlata olmagan yana bir kun qolib ketgan. 22 yil o‘tib Chelsining otasi Michigan shtatidagi o‘z uyi yerto‘lasidagi eski seyfda chiptani topib oldi va uni bog‘ joylashgan joy yaqinida bo‘lgan Orlandoga bormoqchi bo‘lgan qiziga berdi.

Qiz bog‘ga kelganda nazoratchi chiptani ko‘rib hayratlandi, chunki chiptaning yoshi unikidan kattaroq edi va uni skanerlab ham bo‘lmagan. Biroq bog‘ ma'muriyatida ularning chiptalari eskirmasligini aytishdi va uni tezda yangisiga almashtirib, qizni bog‘ga o‘tkazib yuborishdi,

Shuningdek, Chelsiga "Butun abadiyat davomidagi birinchi tashrif" degan yozuvli maxsus ko‘krak nishoni topshirildi. Qiz bog‘da 4 soat davomida bolaligidagi sevimli attraksionlarida uchib, unutilmas lahzalarni boshdan kechirdi.