Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyadan kelayotgan Yevropa samolyotlariga noma'lum samolyot yaqinlashdi
Rossiyalik aviadispetcherlar Uzoq Sharqda KLM va SWISS aviakompaniyalari yo‘lovchi samolyotlarining parvozlari yo‘nalishi va balandligini o‘zgartirdilar. Bu ularga noma'lum samolyot xavfli yaqinlashgandan keyin sodir bo‘ldi.
Samolyotlar Yapon dengizining neytral hududi ustidan uchayotgan bo‘lgan. Samolyotlar rossiyalik dispetcherlar javobgarligi hududida bo‘lishgan, deb aytdi vaziyatdan xabardor bo‘lgan manba "Interfaks" axborot agentligiga.
"Dispetcherlar 11 ming metr balandlikda noma'lum havo kemasining belgisini qayd qilishdi. Undagi transponder signalini tanib bo‘lmadi, havo kemasi bog‘lanishga urinishlarga javob bermadi", deb aytdi manba.
Shu hodisa tufayli dispetcherlar Yaponiyadan Gollandiyaga uchib ketayotgan, KLM aviakompaniyasining Boeing-777 samolyoti parvozini o‘zgartirishga qaror qilishdi. Natijada u noma'lum samolyot bilan muvaffaqiyatli tarzda ajraldi.
Shu hududda bo‘lgan, Yaponiyadan Shveytsariyaga reys amalga oshirayotgan SWISS aviakompaniyasi samolyoti ekipaji katta to‘rt dvigatelli samolyot bilan vizual aloqaga kirganini ma'lum qilgan. Noma'lum samolyot yo‘lovchi samolyotning bevosita yaqinida bo‘lgan. Samolyot dispetcherlarning so‘roviga javob bermagan.
"Rossiyalik dispetcherlar Yaponiyadan Shveytsariyaga qaytayotgan yo‘lovchi samolyoti noma'lum samolyot bilan muvaffaqiyatli ajralishi maqsadida uning parvozini o‘zgartirishlariga to‘g‘ri keldi", deb aytdi manba. Manbaning fikricha, noma'lum samolyot razvedkachi samolyot bo‘lgan bo‘lishi mumkin.