Jahon | 01:00 / 22.05.2016
4724
1 daqiqa o‘qiladi
Britaniyaning Portsmut shahrida yuk mashinasida 28 nafar muxojir aniqlandi
Britaniyaning Portsmut port shahrida politsiya kuzovida noqonuniy muhojirlar bo‘lgan yuk mashinasini to‘xtatgan, deb xabar bermoqda The Telegraph.
Ushlanganlar orasida erkak va ayollar bo‘lgan, ularning millati hali ma'lum qilinmagan. Erkaklardan biri shifoxonaga yetkazilgan.
Yuk mashinasi haydovchisi Buyuk Britaniyaga kirishda ko‘maklashish gumoni bilan hibsga olingan. Agar qochqinlarda mamlakatda bo‘lishga qonuniy asoslar bo‘lmasa, ular deportatsiya qilinadi.