Sport | 07:25 / 22.05.2016
5107
1 daqiqa o‘qiladi

TsSKA futbolchisi jamoasi chempion bo‘lganini samolyotda lezginka raqsi bilan nishonladi

Moskvaning TsSKA futbol klubi yarimhimoyachisi Alan Dzagoyev armiyachilar samolyotida lezginkaga raqs tushdi. Bu haqda Spotbox.ru jurnalisti Batraz Tigiyev ma'lum qildi. Jurnalist bu antiqa holat tasvirlangan videoni tvitterdagi sahifasida joylashtirdi.

25 yoshli Dzagoyev Qozondan Moskvaga uchib ketayotgan samolyot bortida kavkazliklarning milliy raqsini o‘z jamoadoshlarining qizg‘in olqishlari ostida ijro etdi. 21 mayda TsSKA "Rubin"ni 0:1 hisobida mag‘lub etib, 6 marotaba Rossiya chempioni bo‘ldi. Ushbu uchrashuvdagi yagona to‘pni aynan Dzagoyev amalga oshirdi.

TsSKA bundan avval 2003, 2005, 2006, 2013, 2014 yillarda Rossiya chempioni bo‘lgan. Bu borada Moskvaning "Spartak" klubi yetakchilik qilmoqda, "qizil-oq ranglilar" hisobida 9 ta chempionlik unvoni bor. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish