Sport | 17:36 / 22.05.2016
4854
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng keksa Olimpiada chempioni 103 yoshida vafot etdi

Dunyodagi eng keksa Olimpiada chempioni, vengriyalik Shandor Tariks 103 yoshida olamdan ko‘z yumdi. Bu haqda Vengriya Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatiga saytida xabar berilgan.

1913 yilning 23 sentabrida Budapesht shahrida tavallud topgan Tariks suv polosi bo‘yicha Vengriya terma jamoasi a'zosi bo‘lgan. U terma jamoa bilan 1936 yilgi Berlin Olimpiadasida g‘olib bo‘lgandi.

1949 yilda Tariks AQShga kelgan va u yerda universitetda dars bergan. U 2012 yili Londonda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlariga eng katta yoshli chempion sifatida tashrif buyurgandi. 

Reuters agentligining eslatishicha, o‘shanda undan 2016 yilgi Olimpiadaga tashrif buyura olish imkoni haqida so‘rashgandi. «Ko‘ramiz, bunday narsalarni ancha oldindan rejalashtirish qiyin» deb javob qaytargandi Olimpiada chempioni.

U 100 yillik yubileyini Kaliforniyada nishonlagan.

Shandor Tariks 2011 yilda dunyodagi eng katta yoshli Olimpiada chempioni nomiga ega bo‘lgandi. O‘sha yili Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tgan 1932 yilgi Olimpiadaning ikki karra chempioni italiyalik Atillio Pavezi 101 yoshida vafot etgandi.

Endilikda Bahama orollari vakili, 98 yoshli Dervard Nouls dunyodagi eng keksa olimpiada chempioni bo‘lib turibdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish