EgyptAir samolyoti qurbonlaridan birining dafn marosimi bo‘lib o‘tdi
Misr poytaxti Qohira shahrida EgyptAir kompaniyasining 19 may kuni O‘rta Yer dengizi hududida qulab tushgan A320 samolyoti qurbonlaridan birining dafn marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sky News xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, styuardessa Yara Xani Tavfiqning dafn marosimida uning yuzlab do‘stlari va qarindoshlari yig‘ilgan.
Eslatib o‘tamiz, Parijdan Qohiraga MS804 reysini amalga oshirish chog‘ida EgyptAir aviakompaniyasining Airbus A320 samolyoti 19 may kuni O‘rta Yer dengizi ustidaligida radarlardan g‘oyib bo‘lgan edi. Keyinchalik uning Gretsiyaga tegishli orollardan biri yaqinida, Misr qirg‘oqlaridan chamasi 250 km shimolda halokatga uchragani tasdiqlandi. Uning bortida 66 kishi bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan deb hisoblandi.
Bundan oldinroq, bu reys xavfsizligini ta'minlash choralari kuchaytirilgan bo‘lgani, uning bortida maxsus xizmatning odatdagidek 2 nafar vakili emas, 3 nafar vakili uchgani ma'lum bo‘lgandi.