Jamiyat | 00:06 / 22.05.2016
13056
5 daqiqa o‘qiladi

FVV kuchli yomg‘irlar oqibatida ko‘rilgan talofatlar bo‘yicha hisobot berdi

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi 2016 yil 10-16 may kunlari O‘zbekiston hududida sodir bo‘lgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatlari va ularni bartaraf etish bo‘yicha qilingan ishlar haqida hisobot berdi

Ko‘rsatilgan kunlar kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Namangan, Surxondaryo, Navoiy, Toshkent viloyati va Toshkent shahrining ayrim hududlarida sel oqimlari va suv toshqinlari hodisalari kuzatilgan. Yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar oqibatida fuqarolar jabrlangan, hududlar va transport tarmoqlariga zarar etkazilgan.

Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimining tegishli xizmatlari tomonidan kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlar amalga oshirilgan. Ma'naviy va moddiy zarar ko‘rgan fuqarolarga mahalliy hokimiyat organlari tomonidan zaruriy yordamlar ko‘rsatilgan.

Xususan, 10 may kuni Namangan viloyati “Chodok” QFY hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida sel toshqini yuzaga kelib, 96 ta aholi xo‘jaligi zarar ko‘rgan. 1 ta xo‘jalik butunlay vayrona bo‘lgan. Aholi xafvsizligini ta'minlash maqsadida 129 ta xo‘jalikda yashovchi 205 nafar fuqaro vaqtinchalik xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan. Yuzaga kelgan favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishda FVDQTning tegishli xizmatlaridan 32 ta texnika, 197 nafar xodim jalb etilgan.

Tuman DSENM mutaxassislari tomonidan 51 ta xonadon o‘rganib chiqilib, aholi yashash joylari hamda ko‘chalarda 3112 kvadrat metr hajmdagi maydonlar dezinfektsiya qilindi. Dezinfektsiya ishlariga 3,25 kg ABK xlor aktiv tabletkalari ishlatildi. Shuningdek, ochiq suv havzalaridan 20 ta bakteriologik, 4 ta kimyoviy tekshirishlar uchun namunalar olindi. Aholiga olib kelingan ichimlik suvidan 4 bakteriologik, 2 ta kimyoviy tekshirishlar uchun namunalar olinib, tuman DSENM laboratoriyasiga yuborildi.

Sel oqimi ta'sirida zarar ko‘rgan 28 ta xonadonda istiqomat qiluvchi fuqarolarga viloyat xokimligining beg‘araz yordami (har bir xonadonga 1 qopdan un, 5 kgdan o‘simlik yog‘i, 10 kgdan guruch, 5 kgdan shakar, 30 donadan tuxum, 1 kgdan saryog‘, 1 kgdan choy, 10 kgdan makaron va 4 donadan xo‘jalik sovuni) tarqatildi

2016 yil 10-11 may kuni Surxondaryo viloyatining Uzun, Sariosiyo tumanlari kuchli yomg‘ir yog‘ib, sel toshqini vujudga kelshi oqibatida 46 ta aholi xo‘jaliklariga zarar etkazilgan. Shuningdek, 4R-107 avtomobil yo‘lining 46-50 kmlariga zarar etgan. Aholi xavfsizligini ta'minlash maqsadida, 59 ta xo‘jalikda yashovchi 342 nafar fuqaro xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda 20 ta texnika, 82 nafar xodimlar jalb etilgan.

2016 yil 11 may kuni Toshkent viloyati Ohangaron tumani, Qairma qishlog‘i hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida sel oqimi vujudga kelib, A-373 “M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘lining 150-155 kmlar qismida uzunligi 50 m, eni 2,5-3 m masofada yo‘lning qatnov qismiga zarar etkazilgan. Favqulodda vaziyat oqibatini bartaraf etish ishlariga 57 ta texnika, 129 nafar xodim jalb etilgan.

2016 yil 15 may kuni Namangan viloyati Pop tumani Chodok QFY, Bo‘yon MFY, Kalqurbon MFYda kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida sel oqimi vujudga kelgan. Sel oqimlari oqibatida 58 ta xo‘jalik zarar ko‘rgan. Favqulodda vaziyat oqibatini bartaraf etish ishlariga 28 ta texnika, 212 nafar xodim jalb etilgan.

2016 yil 16 may kuni Navoiy viloyati Konimex tumani hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida sel oqimi vujudga kelib “Toshkent - Urganch” temir yo‘lning 157 kmga jiddiy zarar etkazgan. Favqulodda vaziyat oqibatini bartaraf etish ishlariga 7 ta texnika, temir yo‘l poezdi hamda 80 nafar xodim jalb etilgan.

2016 yil 16 may kuni Toshkent shahar hududida muddatli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Sergeli tumani hududida suv toshish holati kuzatilib, 28 ta aholi yashash xonadonlariga zarar etkazilgan. Favqulodda vaziyat oqibatini bartaraf etish ishlariga 13 ta texnika, 13 ta suv tortish motopompasi hamda 162 nafar xodim jalb etilgan.