Jahon | 17:14 / 22.05.2016
5210
1 daqiqa o‘qiladi
Xelsinkiga NATOning 2ta fregati yetib keldi
Xelsinki shahriga NATOning harbiy-o‘quv mashg‘ulotlari arafasida 2ta fregat yetib keldi: ESPS Alvaro de Bazan (Ispaniya) va HMS Iron Duke (Buyuk Britaniya). Bu haqda Yle xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, fregatlar NATOning №2 SNMG1 doimiy harbiy dengiz guruhiga kiradi. Ispanlarning fregati raketaga qarshi mudofaa tizimi bilan jihozlangan.
Bu fregatlar Finlyandiya poytaxtiga kelishdan oldin Talllinda va Boltiq bo‘yining boshqa davlatlari portlarida bo‘lgan. Ular iyun oyida Boltiq dengizi hududida o‘tkaziladigan Baltops harbiy-dengiz o‘quv mashqlarida ishtirok etishi kutilmoqda.
Alyans Rossiya tomonidan Boltiq suvlari bo‘yidagi davlatlar xavfsizligiga tahdid kuchaygach, hududda o‘z ta'sirini kengaytirishga qaror qilgandi.