Jamiyat | 17:10 / 22.05.2016
14484
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda tahsil oluvchi o‘zbekistonlik talabalar Xalqaro madaniyat kunida ishtirok etishdi

Har yili bahorda Xitoy Xalq Respublikasining ko‘plab universitetlarida Xalqaro madaniyat kuni keng nishonlanadi. Bunday tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni hamjihatlikka chorlab, madaniyatlararo aloqani yo‘lga qo‘yishdir.

22 may kuni Pekin shahridagi Jongyang Mintsu universitetida ham shunday tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘zbekistonlik talabalar, o‘qituvchilar faol ishtirok etdi. Ular namoyish etgan yigitlar raqsi barchaning olqishini qozondi. Shuningdek, tayyorlangan o‘zbek milliy taomlari osh, somsa, qozon kabob kabi taomlar ham tashrif buyurganlarning ko‘nglidan joy olib, o‘zbek milliy taomlariga nisbatan qiziqish uyg‘otdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish