Sport | 16:33 / 22.05.2016
4953
1 daqiqa o‘qiladi

Ibrahimovich: Men 34 yoshimda 1 mavsumda 50ta gol urdim, lekin bu hali oyoqning chigalini yozish mashqi edi

«PSJ» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Fransiya kubogi finalidagi g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«PSJ» tarkibidagi ajoyib mavsumni o‘tkazdim. Men bu jamoani sog‘inib qolaman. 34 yoshimda 50ta gol urib, faoliyatimdagi eng ajoyib mavsumni o‘tkazdim. Lekin bu hali chigalyozdi mashg‘ulot edi!», - deydi futbolchi Eurosport'ga bergan intervyusida.

Futbolchi shu yozda shartnomasi tugagani tufayli parijliklar jamoasini tark etadi. Uning xizmatlariga Angliyaning bir qator grandlaridan qiziqishlar bildirilgan.