Sport | 10:21 / 22.05.2016
4365
2 daqiqa o‘qiladi

Ibrahimovichning dubli «PSJ»ga «Marsel»ni Fransiya Kubogi finalida yengishga yordam berdi

«PSJ» Fransiya Kubogi finalida «Marsel» bilan uchrashdi. Sen-Denidagi «Stad de Frans» stadionida kechgan uchrashuv parijliklarning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

O‘yinning debyutida Blez Matyuidi hisobni ochdi. Ko‘p o‘tmasdan, 12-daqiqadayoq Floryan Toven javob golini urdi. 47-daqiqada Zlatan Ibrahimovich penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini oldinga boshladi, 60-daqiqada Edinson Kavani «Marsel» darvozasiga uchinchi golni urdi. 82-daqiqada Ibrahimovich dublni rasmiylashtirdi va hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. O‘yin oxirida Mishi Batshuayi bitta javob goli urdi - 2:4. 

«PSJ» shu tariqa 10 karra Fransiya Kubogi g‘olibiga aylandi va bu borada «Marsel» bilan tenglashib oldi.

Fransiya Kubogi. Final
Marsel (Marsel) – PSJ (Parij) – 2:4
Gollar: Matyuidi, 3 (0:1); Toven, 12 (1:1); Ibrahimovich, 47 (1:2, pen); Kavani, 57 (1:3); Ibrahimovich, 82 (1:4); Batshuayi, 87 (2:4).
Marsel – Mandanda, Rekik, Mankilo, Mendi, Nkulu, Toven (Nkudu, 81), Barrada (Ja-Jyejye, 70), Diarra, Isla, Fletcher (Kabella, 60), Batshuayi.
PSJ – Sirigu, Ore, Maksvell, Markinos, Tiago Silva, Rabo, Di Mariya, Matyuidi, Stambuli (David Luiz, 75), Ibrahimovich (Kurzava, 90), Kavani (Lukas, 75).
Ogohlantirish: Mendi, 33