Jahon | 06:35 / 22.05.2016
4445
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada vulqon otilishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Indoneziyaning Shimoliy Sumatra viloyatida Sinabung vulqoni otildi. Tabiiy ofat oqibatida kamida 3 odam halok bo‘ldi, 4 odam jiddiy jarohat oldi, ularning ahvoli og‘ir, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. Vulqon otilishi oqibatida barcha jabrlanganlar vulqondan taxminan 4 km uzoqlikda joylashgan sholipoyada ishlashayotgan bo‘lgan. Odamlar issiq gazdan jarohatlanishgan.

Jabrlanganlar ishlagan hudud xavfsizlik nuqtai nazaridan kirish uchun taqiqlangan bo‘lsa-da, odamlar vulqon etagidagi dalalarda dehqonchilik bilan shug‘ullanib keladilar. Shuningdek, vulqon otilishi oqibatida bir nechta uy vayron bo‘ldi. 

Sinabung vulqoni 3 yil avval uyg‘ongan, shu sababli 25 mingga yaqin kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgandi. 2014 yil boshida vulqon otilishi oqibatida 16 kishi halok bo‘lgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish