Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Konte Yevro-2016 vaqtida Italiya terma jamoasi futbolchilari pitssa, makaron va muzqaymoq yeyishini taqiqladi
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte futbolchilarning Yevropa chempionati vaqtida ovqatlanish tartibini qat'iy nazorat qiladi.
Football Italia nashrining xabariga ko‘ra, u futbolchilarning turnir vaqtida iste'mol qilishini taqiqlagan taomlar ro‘yxatiga pitssa, makaron (Xuroson bug‘doyidan tayyorlangani bundan mustasno), grissini (italyanlarning milliy taomi), sabzi, muzqaymoq, chipslar va shirinliklar kirgan.
Qayd etish kerakki, 46 yoshli mutaxassis «Yuventus» bosh murabbiyi ekanidayoq futbolchilarning diyetasiga diqqat bilan e'tibor qaratardi.