Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Medvedev AQSh saylovlarini “xo‘jako‘rsin”ga o‘tkaziladigan "shou" deb atadi
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev AQSh saylovlarini “maskaradchilar” ishtirok etadigan “shou” deb atadi. Bu haqda TASS xabar qildi.
“Yedinaya Rossiya” praymerizlari o‘tkazilishiga izoh berar ekan: “AQShdagi saylov - niqob kiyganlar tomoshasi, biz ishonmaymiz, bu shou, qaysidir ma'noda aslida ham shunday”, - dedi Medvedev. Uningcha, bunday tomosha Rossiyada o‘tmagan bo‘lardi.
“Bizning saylov oldi ovoz berish tartibimiz boshqacha bo‘lishi lozim – bu mavjud muammolar xususida, ularni hal etish yo‘llari to‘g‘risidagi manfaatli, jiddiy maqsadli suhbat”, - deya qo‘shimcha qildi Medvedev.