Texnologiya | 22:33 / 22.05.2016
5496
2 daqiqa o‘qiladi

Noodatiy zaryadkaga ega raqamli fotoramka

Acanvas – bu FullHD ekranga ega 23 dyuymli fotoramka bo‘lib, u shaxsiy fotosuratlar to‘plamini yoki Fine Art America xizmatining litsenziyaga ega minglab tasviriy san'at namunalarini namoyish etadi. Foydalanuvchi sifatli suratlar chiqartirish yoki rasmlarni qaytadan ishlab chiqish uchun ortiqcha pul sarflamaydi. Suratlarning almashinuvi Wi-Fi va Bluetooth orqali amalga oshadi, ramka ichiga o‘rnatilgan 6.850 mAch sig‘imli akkumulyator esa 4-5 soat davomida avtonom ishlay oladi. Fotoramka videoda ko‘rsatib o‘tilgan noodatiy simsiz usulda quvvat oladi. Mazkur usuldan bu kabi texnik qurilmalarda ilk bor foydalanilganini qayd etish lozim. Shu sababli tashqi ko‘rinishga xalaqit qiluvchi hech qanday qo‘shimcha ulanuvchi vositalar bo‘lmaydi. Acanvas'ning bezakli ramkasiz o‘lchamlari: 332.4x555.2x36 mm, og‘irligi: 4.9 kg. Ramkani avvaldan buyurtma berish yo‘li orqali sotib olish narxi – 399 dollar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish