Jamiyat | 08:02 / 22.05.2016
14726
2 daqiqa o‘qiladi

O‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan yigit deb Chili hayvonot bog‘ida ikkita sher otib o‘ldirildi

Chili poytaxti Santyago hayvonot bog‘i o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan yigitning hayotini saqlab qolish uchun ikkita sherini qurbon qilishiga to‘g‘ri keldi, deb xabar bermoqda The Daily Mail nashri.

Voqea 21 mayda shanba kuni ertalab sodir bo‘ldi. 20 yoshli yigit o‘z ustidan kiyimini yechib, o‘zini sherlar saqlanadigan qafasga otgan. Hayvonot bog‘i rahbariyatining firkricha, yigit shu yo‘l bilan o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan.

Sherlar yigitga hamla qilgan. Bu vaqtda hayvonot bog‘ida juda ko‘p odam bo‘lgan va bu mudhish voqea ularning ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan. Bog‘ direktorining tushuntirishicha, zudlik bilan ta'sir qiluvchi kuchli trankvilizatorlar (uxlatuvchi dorilar) yo‘qligi sababli yigitning hayotini saqlab qolish uchun sherlarni otishga to‘g‘ri kelgan.                  

Direktorning aytishicha, odamlarning hayoti hayvonlarning hayotidan muhimroq hisoblanuvchi qoida mavjud.

Yigit og‘ir ahvolda yaqin oradagi shifoxonaga yetkazildi. Keyinroq uning narsalari orasidan o‘limoldi maktubi aniqlangan.

Hayvonot bog‘i rahbarining aytishicha, erkak va urg‘ochi sherning o‘limi bog‘ xodimlarini qattiq qayg‘uga solgan.