Sport | 21:16 / 22.05.2016
10044
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston kubogi. «Buxoro» «Paxtakor»ni turnirdan chiqarib yubordi

O‘zbekiston Kubogining nimchorak finali doirasida o‘tkazilgan yana bir uchrashuvda «Buxoro» Toshkentning  «Paxtakor» klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Uchrashuvda 1:0 hisobi qayd etildi. 

O‘yinning 74-daqiqadasida toshkentliklar darvozasiga belgilangan penalti zarbasini jamoaning sobiq futbolchilaridan biri Bahodir Pardayev aniq amalga oshirdi.

18 may kuni Toshkentda kechgan birinchi uchrashuvda ham «Buxoro»«Paxtakor»ni shu hisobda mag‘lubiyatga uchratgandi.

Shu tariqa «Buxoro» jamoasi turnir favoritlaridan birini ortda qoldirib, chorak finalga yo‘l oldi. Bu jamoaga keyingi bosqichda «Qo‘qon—1912» jamoasiga raqib bo‘ladi.

Oxirgi chorak final yo‘llanmasi sohibi 8 iyun kuni «Lokomotiv» va«UzDongJu» o‘rtasidagi bahsdan so‘ng aniqlanadi. 

O‘zbekiston kubogi-2016
Chorak final juftliklari
«Buxoro» - «Qo‘qon-1912» 
«Andijon»  - «Nasaf» 
«Bunyodkor» - «Metallurg»
«Mash'al» - «Lokomotiv» yoki O‘zDongJu»

Chorak finalning dastlabki o‘yinlari 5 va 6 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Javob uchrashuvlari esa 8 iyul kuniga belgilangan.