O‘zbekiston | 15:06 / 23.05.2016
4111
2 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Xitoy TIV rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi

2016 yilning 23 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkentga rasmiy tashrif bilan kelgan Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar tarqatgan.

Suhbat chog‘ida ikki tomon aloqalarining dolzarb masalalari va ularni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Vazirlar bo‘lajak oliy darajadagi O‘zbekiston-Xitoy uchrashuvlarining dasturi va kun tartibi loyihalarini muhokama qilishdi.

Muloqot davomida 2015-2016 yillarda O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligining samarali yakunlari va Toshkent shahrida bo‘ladigan yubiley sammitining muvaffaqiyatli o‘tkazilishidan ikki tomon ham manfaatdor ekanligini tasdiqlandi. O‘z ishini boshlayotgan ShHTga a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlarining kengashi yig‘ilishi mazkur sammitga tayyorgarlik ko‘rishning muhim bosqichi bo‘lib xizmat qiladi.

Uchrashuvda ba'zi xalqaro va mintaqaviy masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Muzokaralarda Xitoy elchisi Sun Lijie ishtirok etdi.