Iqtisodiyot | 20:38 / 23.05.2016
4216
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Vetnam kompaniyalari 16 mlrd dollardan ko‘proq qiymatli shartnomalar imzolashdi 

AQSh va Vetnam kompaniyalari 23 mayda Xanoyda umumiy qiymati 16 mlrd dollardan ko‘proq bo‘lgan shartnomalar imzolashdi. Bu haqda Oq uy xabarida aytildi.

"Bugun prezident Obama va Vetnam prezidenti Chan Day Kuang AQSh va Vetnam kompaniyalari o‘rtasida umumiy qiymati 16 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qiluvchi shartnomalarni imzolash marosimida ishtirok etishdi. Tijoriy bitimlar ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlaydi", deb aytilmoqda xabarda.  

Jumladan, Boeing kompaniyasi Vetnamning VietJet 100 aviakompaniyasiga 100 ta samolyotini sotmoqchi, Pratt & Whitney ham xuddi shu kompaniya bilan 135 ta aviatsion dvigatel sotishga bitim imzoladi. GE Wind kompaniyasi esa Vetnamga shamol generatorlarida ishlaydigan elektr stansiyalarni yaratishda yordam beradi.

Oq uyning ta'kidlashicha, ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi oxirgi 7 yil ichida 45 mlrd dollarga yetgan, AQShning Vetnam iqtisodiyotiga investitsiyalari miqdori esa 1,5 mlrd dollarni tashkil qilgan. 

Obama 20 yillar avval ikki tomionlama munosabatlar yaxshilanganidan keyin Vetnamga kelgan uchinchi AQSh prezidenti bo‘ldi. Obamadan avval AQSh prezidentlaridan Vetnamga 2000 yilda Bill Klinton, 2006 yilda esa Kichik Jorj Bush tashrif buyurgan.