Jamiyat | 19:50 / 23.05.2016
6449
1 daqiqa o‘qiladi

Anjyelina Joli London iqtisodiyot maktabi professori bo‘ldi

Gollivud aktrisasi, "Oskar" mukofoti sovrindori, BMTning ko‘ngilli elchisi Anjyelina Joli London iqtisodiyot maktabining taklif qilingan professori bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Uning kursi 2017 yilda boshlanadi. 

2015 yilda Joli Buyuk Britaniya sobiq tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeyg bilan birga London iqtisodiyot maktabida Ayollar, tinchlik va xavfsizlik ishlar bo‘yicha markaz ochgandi. Xeyg ham taklif qilingan professor lavozimini oldi.

Aktrisaning qayd qilishicha, u muallimlik ishini boshlashni intiqlik bilan kutmoqda. Bundan tashqari, Joli talabalardan saboq olishga hamda turli davlatlar hukumatlari va BMT bilan ishlashda olgan tajribasi bilan bo‘lishishga umid qilmoqda.